O’TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR — TASNIFI, TURLARI, INFEKTSIYALAR TASHXISI VA PROFILAKTIKASI

2005-yilda JSST Jahon sog’liqni saqlash assambleyasining 58-sessiyasida juda ko’p va muhim o’zgarishlar kiritilgan yangi XMSQ qabul qilingan. Xususan, ushbu qoidalarga ko’ra, JSST mamlakatda muayyan kasalliklarning holatini nafaqat ushbu davlatlarning rasmiy hisobotlariga ko’ra, balki ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar asosida ham baholash huquqiga ega bo’ldi. JSST ushbu qoidalarga muvofiq O’XI tomonidan kelib chiqqan yuqumli kasalliklarning xalqaro tibbiy nazorat qilish uchun katta imkoniyatni qo’lga kiritdi.
TAVSIFI
O’XI`ning xarakterli jihatlari:- To’satdan paydo bo’lishi, tezda va keng miqyosda tarqalib ketishi;
- Og’ir kechishi va o’lim bilan yakunlanish ehtimoli yuqoriligi.
1. Noodatiy sanalgan va aholi salomatligiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan kasalliklar:
- Chechak;
- Poliomielit;
- Yangi virus turi bilan chaqirilgan inson grippi;
- Og’ir o’tkir respirator sindrom yoxud SARS.
- Vabo;
- O’latning pulmonar shakli;
- Sariq isitma;
- Gemorragik isitmalar — Lass, Marburg, Ebola, G’arbiy Nil isitmasi.
O’zbekistonda o’ta xavfli yuqumli kasalliklar ro’yxatiga kuydirgi va tulyaremiya ham kiritiladi.Bu guruh XMSQ-2005 «maxsus milliy yoki mintaqaviy tahdid tug’diradigan kasalliklar«ni ham o’z ichiga oladi, masalan denge isitmasi, Rift-Valli isitmasi, meningokokkli kasallik.
Tropik mamlakatlar uchun denge isitmasi jiddiy muammo hisoblanadi, aholi orasida gemorragik, ba’zan esa o’lim shaklida namoyon bo’ladi. Yevropaliklarda esa bu kasallik bu qadar jiddiy bo’lmaydi, gemorragik alomatlar kuzatilmaydi, tashuvchi yo’qligi sababli esa tarqalmaydi ham. Markaziy Afrikada shu tariqa meningokokkli kasallik qayd qilinadi.
O’TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR TASNIFI
Barcha O’XYK uch turga ajratiladi:1. Konventsion kasalliklar. Bunday infektsiyalarga xalqaro sanitariya normalari tarqaladi. Bular:
- Bakterial patologiyalar (o’lat va vabo);
- Virusli kasalliklar (maymunlar o’lati, gemorragik virusli isitmalar).
- Bakterial (toshmali va qaytalanma terlama, botulizm, qoqshol);
- Virusli (OIV, poliomitelit, gripp, quturish, oqsim);
- Protozoal (malyariya).
- Kuydirgi;
- Tulyaremiya;
- Brutsellyoz.
BUGUNGI KUNDA
Shuni ta’kidlash kerakki, JSST XMSQ-2005`ga o’latning faqatgina bitta — o’pka shakli kiritilgan, chunki bunday holda infektsiya bir kishidan ikkinchisiga havo-tomchi yo’li orqali juda tez tarqaladi. Agar o’z vaqtida tegishli choralar ko’rilmasa, kasallik juda katta miqyosdagi aholini zararlashi mumkin. O’latning boshqa shakllarida bunday yuqumlilik qayd etilmaydi.Bugungi kunda yangi XMSQ-2005`ni qo’llash sohasi faqatgina yuqumli kasalliklar bilan chegaralanib qolmaydi, balki «kelib chiqishi yoki manbaidan qat’iy nazar, odamlar uchun jiddiy zarar yetkazadigan yoki yetkazishi mumkin bo’lgan kasallik yoki tibbiy holatni» qamrab oladi.
Garchi 1981-yilda JSST Jahon sog’liqni saqlash assambleyasining 34-sessiyasida qirilib ketishi natijasida chinchechak o’ta xavfli kasalliklar ro’yxatidan chiqarib tashlangan bo’lsa ham, XMSQ-2005 da kasallik chechak shaklida yana ro’yxatga kiritildi. Buning sababi chinchechak virusi haligacha ba’zi mamlakatlarning biologik quroli shaklida saqlanayotgan bo’lishi ehtimoli, shuningdek Sovet olimlari 1973-yilda Afrikada batafsil ta’riflab bergan maymunlar chechagining tabiiy yo’l bilan tarqashi mumkiniligidir. Uning klinik ko’rinishlari chinchechakka o’xshash va ayni paytda gipotetik ravishda o’lim va yuqori darajada nogironlik xavfini tug’diradi.
ENG KENG TARQALGAN O’XYK`LAR
O’LAT
Zoonoz bakterial infektsiya, Yevropada o’rta asrlarda millionlab odamlar o’limiga sabab bo’lgan. Qo’zg’atuvchilari o’lat tayoqchalari (Yersinia pestis) deb nomlanadi. Tashuvchilari asosan kemiruvchilar.Kasallikning xarakterli alomatlari:
- Yuqori isitma (harorat 40 °C gacha ko’tarilishi mumkin);
- Chidab bo’lmas darajada bosh og’rig’i;
- Tilning oq karash bilan qoplanishi;
- Yuz giperemiyasi;
- Aqldan ozish (kasallik kerakli tarzda davolanmagan og’ir hollarda);
- Gemorragik toshmalar.
O’lat haqida batafsil→
VABO
Vabo — o’tkir infektsion kasallik bo’lib, vabo vibrioni (Vibrio cholere) bakteriyalari tufayli rivojlanadi va odatda og’riqsiz va suvsimon ich ketishiga olib keladi. Kasallik asosan zararlangan suv orqali yuqadi.Alomatlari:
- To’satdan kuchli ich ketishi;
- Ko’p miqdorda qayt qilish;
- Suvsizlanish oqibatida siydik miqdorining kamayishi;
- Og’iz shilliq qavati va til qurishi;
- Tana haroratining pasayishi.
Vabo haqida batafsil→
CHINCHECHAK
Sayyoradagi eng yuqori yuqumli bo’lgan infektsiyalardan biri. Antropoz infektsiyalarga oid, u bilan faqat insonlar kasallanadi. Tarqalish mexanizmi — havo-tomchi yo’llari. Virus manbai kasallangan odam hisoblanadi. Infektsiya onadan homilaga o’tishi ham mumkin.1977-yildan buyon chechak bilan kasallanish hollari umuman qayd etilmagan. Infektsiya alomatlari:
- Tana haroratining to’satdan ko’tarilishi;
- Bel va dumg’aza sohasida keskin og’riqlar;
- Sonlarning ichki yuzasi, belda toshmalar toshishi.
SARIQ ISITMA
O’tkir gemorragik transmissiv infektsiya. Kasallik manbai — maymunlar, kemiruvchilar. Tashuvchilari chivinlar hisoblanadi. Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlarida tarqalgan.Kasallik alomatlari:
- Kasallikning birinchi bosqichida yuz va bo’yin terisining qizarishi;
- Qovoq va lablarning shishishi;
- Tilning qalinlashishi;
- Ko’z yoshlanishi;
- Jigar va taloqda og’riq, ushbu a’zolar o’lchamining kattalashishi;
- Teri va shilliq qavatlarning qizarishi bir muddat o’tgach sariqlik bilan almashadi.
KUYDIRGI
Zoonoz tabiatli infektsiya, ommaviy qirg’in quroli sifatida qaraladi. Barcha turdagi qishloq xo’jaligi va yovvoyi hayvonlar, shuningdek odamlar uchun ham o’ta xavfli infektsion kasallikdir.Qo’zg’atuvchisi — Bacillus anthracis tayoqchasi. Kasallikning asosiy tashuvchisi yirik shoxli qoramollar hisoblanadi. Yuqish yo’llari — havo-tomchi va alimentar. Kasallikning teri, oshqozon-ichak va o’pka shakllari ajratiladi.
Davolash antibiotiklar qabul qilish orqali olib boriladi. Biroq muhimrog’i — kasallanishga to’sqinlik qiladigan vaktsinatsiyadir.
Kuydirgi kasalligi haqida batafsil→
TULYAREMIYA
Bakterial zoonoz infektsiya. Manbai — kemiruvchilar, yirik shoxli qoramol, qo’ylar. Qo’zg’atuvchisi — grammanfiy tayoqcha. Inson organizmiga kirish mexanizmi — kontaktli, alimentar, aerozolli, transmissiv.Alomatlari:
- Yuqori isitma;
- Umumiy holsizlik;
- Bel va kichik boldir mushaklarida og’riq;
- Teri giperemiyasi;
- Limfa tugunlarining shikastlanishi;
- Dog’li yoki petixial toshmalar.
GRIPP
O’ta xavfli yuqumli kasalliklar qatoriga parranda grippi — virus tabiatli og’ir infektsiya kiritiladi. Infektsiya manbai — kelib-ketar suzuvchi parrandalar. Inson zararlangan parrandalarni noto’g’ri parvarishlash yoki kasallangan parranda go’shtini iste’mol qilish natijasida zararlanishi mumkin.Alomatlari:
- Yuqori isitma (bir necha hafta saqlanib turishi mumkin);
- Kataral sindrom;
- Virusli pnevmoniya (bemorlar o’limining 80% shu holat sababli sodir bo’ladi).
KARANTINLI INFEKTSIYALAR
«Karantinli infektsiyalar» atamasi hozirgi kunda «O’XYK» tushunchasiga teng emas, chunki «karantinli infektsiyalar» karantin qo’llaniladigan yuqumli kasalliklarning shartli guruhi hisoblanadi. To’liq karantin davlat tomonidan butun viloyat, shahar, tuman yoki alohida muassasa darajasida belgilanishi mumkin.O’XYK aniqlanganda o’ta qat’iy karantin e’lon qilinadi, ba’zan harbiy kuch ishtirokida ehtimoliy kasallangan bemorlar harakati cheknaladi, o’choq himoyaga olinadi. Darhaqiqat ba’zi istisnolar mavjud — JSST so’ngi yillarda u yoki bu mamlakatda vabo aniqlanganda qat’iy karantin e’lon qilish, savdoni to’xtatish maqsadga muvofiq emasligini bir necha bor ta’kidlamoqda.
TASHXISLASH USULLARI
O’XI`ni tashxislashning quyidagi usullari ajratialdi:1. Klassik:
- Mikroskopiya;
- Polimerazali zanjirli reaktsiya (PZR);
- Agglyutinatsiya reaktsiyasi (AR);
- Immunoflyuorestsentsiya reaktsiyasi (RIF, Kuns usuli);
- Bakteriofag bilan sinov;
- Immuniteti sun’iy ravishda pasaytirilgan hayvonlarda biosinov.
- Qo’zg’atuvchi indikatsiyasi;
- Qo’zg’atuvchi antigenlari;
- Teskari passiv gemagglyutinatsiya reaktsiyasi (TPGAR);
- Koagglyutinatsiya reaktsiyasi (KAR);
- Immunofermentli tahlil yoxud analiz (IFA).
PROFILAKTIKA
O’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi infektsiya mamlakat bo’ylab tarqalib ketmasligi uchun juda yuqori darajada o’tkaziladi. Birlamchi profilaktik choralar sirasiga quyidagilar kiradi:- Kasallangan bemorni gospitalizatsiya qilib, vaqtincha izolyatsiyada saqlash;
- Tashxis qo’yish, konsilumni chaqirtirish;
- Anamnezni yig’ish;
- Bemorga birinchi yordam ko’rsatish;
- Laborator tahlillar uchun material yig’ish;
- Aloqa qilingan shaxslarni aniqlash, qayd etish;
- Aloqa qilingan shaxslarni ularning kasallanganligi istisno etilguncha vaqtincha izolyatsiyda saqlash;
- Joriy va yakuniy dezinfektsiyani amalga oshirish.